Aktyor Alisher Uzoqov kuni kecha Instagramda ro`yhatdan o`tdi.
Bugun esa aktyor muxlislariga qarata shunday murojaat qildi: “Do`stlar, men tirikman! Sog`man! Ha, shu bilan birga men kalman!!!”
Ehtimol aktyorning ushbu antiqa murojaatiga muxlislarining aktyorga sochi borasida berilgan tinimsiz savollari sabab bo`lishi mumkin.
Darvoqe, ayni damda aktyor boshqa hamkasblari bilan birga Qashqadaryo viloyatida O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan "Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.

Tadbir "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, "O`zbekkino” milliy agentligi, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi, "O`zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.





