Hafta davomida 5 ta partiya ham plenumlarda prezidentlikka bo`lajak nomzodlarni tavsiya qildi:
- O`zbekiston Ekologik partiyasi — Narzullo Oblomuradov;
- "Adolat" SDP — Bahrom Abduhalimov;
- "Milliy tiklanish" DP — Alisher Kadirov;
- "O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi" — Maksuda Varisova;
- "O`zLiDeP" — Shavkat Mirziyoev.
Qonunchilikka ko`ra, saylovga 65 kun qolganida (20 avgustda) O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatish boshlanadi. Saylovga 45 kun qolganida (9 sentyabrda) O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatish tugaydi.