Avvalroq, boks bo`yicha +91 kg vaznda olimpiada o`yinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov olimpiadaning oxirgi kunida amerikalik Richard Torresga qarshi ringga chiqqani va oltin medalni qo`lga kiritgani haqida yozgan edik.
Jalolovning g`alabasidan so`ng O`zbekiston hisobida jami 5 ta medal (3 ta oltin, 2 ta bronza) bo`ldi.
Shu tariqa O`zbekiston delegasiyasi Tokio-2020 Olimpiyadasida 32-o`rinni egalladi.
Markaziy Osiyoda 1-o`rin. Turkiy tilli davlatlar orasida 1-o`rin. Turkiya ham bizdan orqada.
MDH davlatlari orasida 1-o`rin. Olimpiya qo`mitalari orasida esa 2-o`rin. Chunki bizdan oldinda bo`lgan Rossiya davlat sifatida emas, Olimpiya qo`mitasi sifatida qatnashdi.
Islom davlatlari orasida 2-o`rin. Peshqadam Eron ham aslida 3 ta oltin va 2 ta bronza olgan, faqat kumush medallari hisobiga bizdan biroz oldinda.
Osiyo davlatlari orasida 5-o`rin. Bizdan oldinda Xitoy (2), Yaponiya (3), J.Koreya (15) va Eron (27). Sport gigantlari xullas. Hindiston atigi 1 ta oltin oldi.






