AsosiyJamiyat

Bugun o`zbekistonlik fermerlar qoramollarni qanday ozuqalar bilan boqmoqda?

'Bugun o`zbekistonlik fermerlar qoramollarni qanday ozuqalar bilan boqmoqda?'ning rasmi

So`ngi yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda bo`lgani kabi yurtimizda ham ozuq-ovqat mahsulotlari taqchilligi kuzatilib, ba`zi mahsulot turlari narxi keskin oshib ketgani sir emas.

Amaldorlardan biri aytgani kabi O`zbekiston aholisi "ko`p go`sht eydi"

Shu jihatdan olib qarasak, bugun chorvachilik, xususan qoramolchilik sohasi dolzarb masala. Xo`sh bugun o`zbekistonlik fermerlar o`z chorvasini qanday ozuqalantirmoqda. Bu yo`nalishda muammolar bormi? Shu kabi savollar bilan Samarqand veterinariya medisinasi instituti Qoramolchilik,  parrandachilik va baliqchilik kafedrasi mudiri, Qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi Amirov Shavkat akaga yuzlandik.  

"Hozirda Qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklarida sigirlarni silossiz oziqlantirishning iloji yo`q. Chunki, avvalo silos ozuqasi sut haydovchi hisoblanadi. Fermer xo`jaligi rahbarining ham asosiy maqsadi shu aslida.  

Ikkinchidan qora mollarga muntazam ravishda beda, pichan yoki omuxta em berilsa, ularning tarkibidagi protain molni kasal qilishi mumkin.  

Shundan kelib chiqib, Respublikaning istalgan fermer xo`jaligida ko`rish mumkinki, albatta silos tayyorlanadi.  

Silos tayyorlash texnologiyasi haqida gapiradigan bo`lsak, bizni institutimizda alohida Qishloq xo`jaligi hayvonlarini oziqlantirish kafedrasi bor. Kafedrada qishloq xo`jaligi hayvonlarini oziqlantirish, ozuqalarini tayyorlash va iste`molga tayyorlash haqida mukammal bilim beriladi.  

So`ngi yillarda ko`rish mumkinki, silosni aholi xonadonlarida ham tayyorlash amaliyoti ortayapti",–dedi professor.

Boshqa yangiliklar