AsosiyDunyo

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyaning Primorya o`lkasidagi Chernigovka qishlog`ida Su-25 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, samolyot uchuvchisi halokat vaqtida kerakli harakatlarni amalga oshirishga ulgurgan. Qurbonlar yo`qligi aytilmoqda. 

Samolyot aholi yashaydigan uylarga yaqin joyga qulagan. Uchuvchi samolyotni aholi yashaydigan joydan uzoqroqqa olib qochishga harakat qilgan.  

"Samolyot o`quv-amaliyot mashg`ulotlarini o`tayotgan edi. Bortda uchuvchidan boshqa hech kim bo`lmagan. U parashyut orqali pastga sakragan. Aviahalokat oqibatida hech kim jabrlanmagan”,—deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar