1

O`zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo`lga qo`yiladi

Salomatlik 10.08.2021, 14:01
O`zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo`lga qo`yiladi

O`zbekiston Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik transferni amalga oshiradi. Natijada o`zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun avvalgidan 4 barobar hamkor mablag` sarflaydi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig`i Jamoliddin Babaxanov ma`lum qildi.

"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O`zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo`lga qo`yishi kutilmoqda.

O`zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo`lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo`natiladi va qo`shni mamlakatlarga jo`natiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag` ham sarflanishi tabiiy. Babaxanovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o`zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

"Bu kabi amaliyot O`zbekistonda bo`lmagani uchun aholi 2 million so`m atrofida xarajat qilishiga to`g`ri keladi. Agar amaliyot O`zbekistonda yo`lga qo`yilsa, 500 ming so`m, ya`ni 4 barobar arzonga tushadi", dedi Babaxanov Jamoliddin.

Sharhlar

Меҳмон 14.08.2021, 13:49
Манзили каерда экан бу лабораторияни.
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1