Yaponiyadagi ayrim kompaniyalar o`z xodimlariga ishga farzandlari bilan birga kelishga yoki uydan ishlashga ruxsat berishdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yaponiya kompaniyalari shu yo`sinda ishchi kuchi etishmasligiga barham bermoqchi hamda jamoada ayollar sonini ko`paytirishga erishmoqchi.
Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati farzand ko`rishi yoki boshqa oilaviy holatlarga ko`ra ofisda ishlash imkoni cheklangan xodimlar uchun ham ish sharoiti yaratib berishni niyat qilgan.
Masalan, Tokio shahrida joylashgan Sow Experience Inc.kompaniyasining xodimlaridan biri ishga uch yoshli o`g`li bilan keladi.