AsosiyDunyo

Oxirgi sutkada dunyoda 560 ming nafardan ortiq yangi kasallanish qayd etildi

'Oxirgi sutkada dunyoda 560 ming nafardan ortiq yangi kasallanish qayd etildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni

203 million 295 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,

shundan 4 million 303 mingdan ziyod kishi vafot etgan (10.08.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 18:22 holatiga ko`ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 560 850 yangi holati aniqlandi.

8 426 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.08.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni

204 million 027 mingdan ortiq odam yuqtirgan,

ulardan 4 million 314 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 35,657 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (31,998 milliondan ortiq),
  • uchinchi o`rinda Braziliya (20,165 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Rossiya (6,491 milliondan ortiq),
  • beshinchi o`rinda esa Fransiya (6,161 milliondan ortiq).

 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 156 401, Hindistonda 28 204, Braziliyada 13 893,  Rossiyada 21 378, Fransiyada esa 945 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 4 milliard  482 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar