AsosiyDunyo

Rossiyada bemorning suratini tarqatib yuborgan hamshira jazolandi

Rossiyaning Amur viloyati kasalxonasi jarrohlik bo`limida ishlovchi hamshirani mijozning suratini noqonuniy ravishda tarqatib yuborgani uchun ishdan bo`shatdi, deb xabar berdi “Vesti” nashri.

O`q otish qurolidan jarohatlangan erkak shifoxonaga keltirilib, kerakli tibbiy yordam ko`rsatilayotganda, uni shu shifoxonada hamshira bo`lib ishlovchi ayol smartfonida suratga tushirib, Whats App orqali tanishiga yuborgan. Tanishi esa suratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. 

Bemor erkak suratga tushirish uchun ruxsat bermaganligi sababli prokuratura tekshiruvi o`tkazildi. Oqibatda tekshiruvchilar hamshira ayol mehnat shartnomasida ko`rsatilgan “tibbiyot xodimining sir saqlashi” bandi qoidalarini buzgan degan xulosaga keldi, deb ma`lumot berdi “Interfaks”. Suratga tushirgan hamshira ayol ishdan bo`shatildi, bosh hamshira esa nazoratni susaytirgani uchun xayfsan bilan “siylandi”.

Boshqa yangiliklar