AsosiyJamiyat
3515

Namanganda Prezident va`dasi bajarildi

'Namanganda Prezident va`dasi bajarildi'ning rasmi

   Shu yil fevral oyida  Prezident Namanganga qilgan tashrifi doirasida mehribonlik uyida bo`lib bolajonlar bilan suhbat qurgan va ularni yashash, o`qish tarzi bilan yaqindan tanishgan va bolajonlarga yil yakuniga qolmay, ular uchun mazkur mehribonlik uyi qayta ta`mirlanib, jixozlanib foydalanishga topshirlishi haqida aytgan edilar. 

 Ana ashu quvonchli kun, bu erda tarbiyalanayotgan 40 nafardan ortiq o`g`il qizlarni uzoq kuttirmadi. 

Bugun Namangan shahridagi 26 sonli mehribonlik uyi tubdan qayta ta`mirlanib, jixozlanib ular uchun barcha sharoitlari yaratilgan xolda eng so`ngi loyiha va dizayn ishlanmalari asosida foydalanishga topshirildi. Bu haqda maxsus muxbirimiz Umida Qo`shoqova xabar berdi.

  Ma`lum bo`lishicha, mehribonlik uyida 3 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan  40 nafar etim bolalar va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar tarbiyalanmoqda. Qurilish-ta`mirlash ishlari O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi buyurtmachiligida pudratchi “Kasaba sanoat” MChJ, “Story Aliance Servis” MChJ tomonidan 8 mlrd.so`m mablag` evaziga joriy ta`mirlash ishlari bajarilgan. Loyiha asosida hududdagi 6,5 ming kvadratdan oshiqroq yo`l asfaltlandi, yotoqxona va o`quv binolari zamonaviy jihozlar bilan jixozlandi va binoni qayta ta`mirlab, zamonaviy ko`rinishga keltirilgan.  

Xususan, 76 nafar tarbiyalanuvchiga mo`ljallangan yotokxona, o`quv xonalari, 10 turdagi to`garak xonalari, 80 o`rinli oshxona binosi, yopiq basseyn, zamonaviy sport zali ta`mirlangan, ochiq sport va o`yin maydonchalari yangidan qurilgan. .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar