AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida ayollarga ziyoratgohlarni boshqarishga ruxsat beriladi

'Saudiya Arabistonida ayollarga ziyoratgohlarni boshqarishga ruxsat beriladi'ning rasmi

Saudiya hukumati ziyoratgohlarni boshqarish qoidalariga yangilik kiritdi.

Arabistoni hukumati tarixda ilk marotaba ayollarga musulmon ziyoratgohlarini boshqarishga ruxsat berilgani aytilmoqda.  

Ma`lum qilinishicha, ikki muqaddas joyning bosh raisi Abdulrahmon Sudays ziyoratchilar bilan aloqalarni rivojlantirishda uning yordamchilari sifatida ikki ayol Anud al-Abud va Fotima ar-Rashid tayinlanganini e`lon qilgan. 

Bu haqda Al-Arabiya telekanaliga tayanib  Zamon.uz xabar bermoqda.

Bundan tashqari, ziyoratchilarni qabul qilish sifatini yaxshilash maqsadida 320 ayol xodimlar maxsus dastur bo`yicha malaka oshirishi ma`lum qilingan. 

Boshqa yangiliklar