AsosiyMadaniyat

“Hali urush tugamadi” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

'“Hali urush tugamadi” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Hali urush tugamadi” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Kinokartina urush bo`layotgan shaharlarning birida 9 yoshli Ali va 7 yoshli Maryam ismli qizaloqning hayoti va taqdiri aks ettiriladi. Bolalar voqea yakunida o`z vataniga qaytib kelishadi, ammo qalblarida sovuq urushning asorati o`chmaydi.  

Ssenariy muallifi Go`zaloy Solih qizi, rejissyor Dilshoda Qosimova, postanovkachi operator Odil Qosimov, rassom Muhammadali Rahimov, grimyor Maftuna Ismatova, kartina direktori Orif Sobirov.

 

    Boshqa yangiliklar