Joriy yilda yuragida nuqsoni hamda bosh miyada patologik o`zgarishlari bo`lgan 2 ming bolada jarrohlik o`tkazildi

Salomatlik 12.08.2021, 14:21
Joriy yilda yuragida nuqsoni hamda bosh miyada patologik o`zgarishlari bo`lgan 2 ming bolada  jarrohlik o`tkazildi

Prezidentimizning “Nogironligi bo`lgan shaxslarga ko`rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, eshitish qobiliyati zaif bolalarni davolashni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi bo`lgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish borasida 2021 yil va kelgusi yillarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • 2021 yil yakuniga qadar 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalarini xarid qilish va ularni ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga etkazish;

 

  • 2021 yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan 260 ta koxlear implantantlariga qo`shimcha ravishda 355 ta koxlear implantantlarini xarid qilib, ularni 5 yoshgacha bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali o`rnatish;

 

  • 2021 yilda qo`shimcha 2 ming nafargacha, 2022 yildan boshlab esa har yili 3 ming nafargacha bolaga tug`ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o`zgarishlar (jumladan, gidrosefaliya) bo`yicha jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish;

 

  • har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to`plamlarini xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa pog`onasining boshqa patologiyasi bo`yicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish;

 

  • yiliga o`rtacha 1 000 nafar bolaga tug`ma va patologik son chiqishini jarrohlik amaliyotlari orqali davolash uchun zarur metall konstruksiyalarini sotib olish;

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1