Jurnalistlar yilning eng qimmat to`yi qanchaga tushganligini hisoblab chiqdi, deb xabar berdi, “Elle.ru” nashri.
2015 yilda Forbes jurnali Guserievlar oilasini dunyoning eng badavlat insonlari ro`yxatining birinchi o`rniga chiqardi, aka-uka Guserievlarning boyligi 4 milliard dollar deb baholandi, ular “Rusneft” kompaniyasining sohiblari hisoblanadi. Shunday ekan, Rossiyaning eng badavlat odami Mixail Guseriev o`g`li Saidning to`yi uchun bir shaharning yillik byudjeti bilan teng bo`lgan mablag`ni sarflaganiga hayron qolmasa ham bo`ladi.
Said Guseriev va Xadicha Ujaxovalarning to`yiga chet el OAVlari dunyoning eng qimmat to`yi deb nom berishdi va jurnalistlar oligarx bu to`yga qancha mablag` sarflaganini hisoblab chiqishdi.
Ularning hisob-kitobi bo`yicha Mixail Guseriev o`g`lining tillarda doston bo`lgan to`yiga bir milliard rubl mablag` sarflagan. Bu hisob-kitobning ichiga kelinning to`y kuni kiygan Elie Saab 27 million rubllik to`y ko`ylagi, yarim miliard rubllik briliant taqinchoqlari, to`yxonani bezagan minglab gullar, Jennifer Lopes, Enrike Iglesias, Sting, Alla Pugachevalarning ishtiroki uchun to`langan xizmat haqi, to`rt metrlik tort, mehmonlarga esdalik sovg`asi sifatida tortiq qilingan oltin sandiqchalar, to`yga kelgan mehmonlarni tarqatish uchun ajratilgan “Rolls-Roys” avtomobillariga ketgan mablag` ham kiritildi.
OAVlar Guserievlar Moskvada o`tkazilgan to`y bilan cheklanib qolmasdan, to`yning ikkinchi qismini Londonda o`tkazishni rejalashtirayotganlari, mehmonlarni Beyonse va Elton Jonlar xushnud qilishi ko`zda tutilgani haqida xabar berishdi. Bu mish-mishlar o`z tasdig`ini topmadi, chunki Guserievlar Londondagi xos uylarida faqat eng yaqin qarindoshlari ishtirokida to`yni davom ettirishgan.