Londonning «Chelsi» klubi «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku jamoaga qaytganini e`lon qildi.
«Uyga xush kelibsan, Romelu Lukaku!» — deyiladi «Chelsi» klubining tvitterdagi sahifasida.
28 yoshli belgiyalik hujumchi «Chelsi» bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Avvalroq, Lukakuning Italiyadan Angliya chempionatiga transfer qilinishi «Chelsi»ga 115 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi. Hujumchining yillik maoshi esa 12 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o`tamiz, Lukaku 2011-2014 yillar davomida huquqiy jihatdan «Chelsi» o`yinchisi sanalsa-da, boshqa klublarda ijaraga berilgan. 2019 yilda «MYu»dan 75 million evro evaziga «Inter»ga o`tgan Lukaku yakunlangan mavsumda «Inter» bilan skudettoni qo`lga kiritgandi.






