AsosiyDunyo

Adidas "Reebok"ni sotib yubormoqda

'Adidas "Reebok"ni sotib yubormoqda'ning rasmi

Adidas kompaniyasi o`ziga tegishli "Reebok" ni 2,1 mlrd evroga sotib yubormoqda. U kompaniyani 15 yil avval 2006 yilda bundan qimmatroqqa, aniqrog`i 3,1 mlrd evroga sotib olgan edi.

Forever 21, Juicy Couture kiyim brendlari va Sports Illustrated sport jurnallari egasi Authentic Brand Group (ABD) AQSh kompaniyasi "Reebok" ni sotib olmoqda.  

Sotuv ishlari 2022 yil yanvarida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Aytish kerakki, 2006 yildan beri Reebok kompaniyasi "Adidas"ga faqatgina 2018 yilga kelibgina foyda berishni boshlagan, ammo pandemiya sotuv hajmi yana keskin kamayishiga sabab bo`ldi. Oqibatda, "Adidas" bu kompaniyani sotib yuborishga qaror qildi.

    Boshqa yangiliklar