"Tolibon" butun Afg`oniston hududida o`z nazoratini o`rnatganini e`lon qildi. Bu haqda lenta.ru TASS ma`lumotiga tayanib xabar bermoqda.
Boshqa manbalar hozircha bu ma`lumotni tasdiqlamagan. Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, ayni paytda toliblar mamlakatdagi eng yirik qamoqxonani egallab olishgan va mahbuslarni qo`yib yuborishmoqda.
"Tolibon" terrorchilik harakati jangarilari Afg`oniston poytaxtini qurshab olgani 15 avgust kuni xabar qilingan edi. RIA Novosti manbasiga ko`ra, toliblar shu paytgacha Qobul g`arbidagi Qobul universitetini o`z nazoratiga olishga muvaffaq bo`lgan. Ko`chalarda Tolibon bayroqlari ko`tarilgan.
Tolibon 2021 yil bahorida AQSh qo`shinlarini olib chiqish to`g`risida e`lon qilinganidan keyin Afg`oniston armiyasi pozisiyalariga hujum boshladi.






