Afg`onistonning bir qancha yuqori martabali amaldorlari Kobul aeroportidan jo`nab ketishni kutishmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Qobuldagi prezident saroyida radikal Tolibon harakati vakillari va Afg`oniston hukumati o`rtasida muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlar fonida Afg`onistonning bir qancha yuqori martabali amaldorlari, jumladan, prezident Ashraf G`anining maslahatchilari, Qobul aeroportidan jo`nab ketishni kutishmoqda. Bu haqda yakshanba kuni CNN aeroportdagi manbasiga tayanib xabar bergan.
"Tolibon" Afg`onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G`ani, hukumat amaldorlari va afg`on partiyalari rahbarlarini hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma`lum qilgan.
Uning so`zlariga ko`ra, toliblar davlat rahbariga "Afg`oniston ma`muriyatining boshqa rasmiylari va siyosiy partiyalar rahbarlarini birgalikda ishlashga" murojaat qilgan.






