AsosiyDunyo

AQSh bugun Qobuldagi elchixona xodimlarini evakuasiya qilmoqda. Diplomatlar xavfsizligi hujumchi vertolyotlar tomonidan ta`minlamoqda (Video)

'AQSh  bugun Qobuldagi elchixona xodimlarini evakuasiya qilmoqda. Diplomatlar xavfsizligi hujumchi vertolyotlar tomonidan ta`minlamoqda (Video)'ning rasmi

AQSh  bugun Qobuldagi elchixona xodimlarini evakuasiya qilishni boshladi. Bu haqda Reuters xabariga tayanib ma`lumot berilmoqda.

"Xodimlarning ko`pchiligi tark etishga tayyor elchixona o`z ishini davom ettirmoqda", - degan amerikalik bir amaldor va hozir "elchixonadan kichik bir guruh" chiqib ketayotganini ta`kidlagan.

AQSh hukumati payshanba kuni Qobuldagi elchixonasi xodimlari sonini kamaytirganini e`lon qilgan. Evakuasiya paytida amerika qo`shinlari xavfsizlikni ta`minlab turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham videolar aks etmoqda. 

 

AQSh Prezidenti Jo Bayden shanba kuni Amerika Qo`shma Shtatlari amerikalik diplomatlarni Afg`onistondan xavfsiz olib chiqish, shuningdek harbiy kampaniya paytida AQSh armiyasiga yordam bergan afg`onlarni evakuasiya qilish uchun jami 5000 askar yuborishini aytgan.

    Boshqa yangiliklar