Qobul aholisi "Tolibon" harakati mamlakatda hokimiyatni egallab olgandan so`ng shaharni ommaviy ravishda tark etishmoqda.
Kadrlarda minglab odamlar o`z mashinalarida shaharni tark etishga urinayotgani aks etgan. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Afg`oniston poytaxti aholisi banklarda katta navbatda turgani tasvirlangan lavhalar ham joylashtirilgan edi.






