AsosiyDunyo

Ashraf G`ani Afg`onistondan Tojikistonga chiqib ketdi

'Ashraf G`ani Afg`onistondan Tojikistonga chiqib ketdi'ning rasmi

Bu haqda Aziya-Plyus nashri  Afg`oniston prezidenti hukumatining rasmiy vakili Sajjad Nuristoniyga tayanib xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, Ashraf G`aniga uning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Hamdulloh Muhib va   ma`muriyat rahbari Fazl Mahmud Fazli hamrohlik qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, Tojikiston orqali Ashraf G`ani uchinchi davlatga uchishi kerak, lekin qaysi davlat ekanligi noma`lum. 

Afg`onistonning sobiq ichki ishlar vaziri va Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jalali Afg`onistonning o`tish davri hukumati rahbari etib tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar