«Yuventus” Krishtianu Ronalduni shu yilgi transferda sotishi mumkin. Xabarlarga ko`ra, turinliklar yiliga 31 million evro maosh oladigan 36 yoshli futbolchi bilan moliyaviy holat tufayli xayrlashmoqchi. Qolaversa, Ronaldu ham ketishga qarshi emas.
Portugaliyalik futbolchi keyingi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Xaridorlar orasida «Real Madrid», «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublari bor. Madridliklar Ronaldu bilan shartnoma tuzish fikridan voz kechgan, chunki ular hozircha «PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildiryapti.
«PSJ» Lionel Messidan so`ng Ronalduni ham o`z safiga qo`shib olmoqchi. «Manchester Yunayted» esa fransuz yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda. Agar u bilan kelishuvga erisholmasa, Ronaldoning «Manchester Yunayted» klubiga o`tish ehtimoli yanada oshadi.
Eslatib o`tamiz, portugaliyalik futbolchining “Yuventus" bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi.