AsosiyJamiyat

Xitoy-o`zbek vaksinasini olganlar xorijga chiqolmaydimi?

'Xitoy-o`zbek vaksinasini olganlar xorijga chiqolmaydimi?'ning rasmi

 Aholini qiziqtirayotgan ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:

" -  Boshqa davlat fuqarosi sifatida siz borayotgan davlat talablariga rioya qilishingiz kerak bo`ladi va albatta shu davlatlarda belgilangan vaksinalar ro`yxati bo`yicha emlanib borishingiz maqsadga muvofiq.  

️Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida COVID-19 kasalligini tarqatuvchisi bo`lmasligingiz juda muhim hisoblanadi.

 Hozirda O`zbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan bo`lsangiz, shu vaksina bilan to`liq emlanishingiz talab etiladi. Bu vaksina ro`yxatiga kiritilgan davlatlar ham ko`p, shu davlatlarga bemalol borishingiz mumkin.  

 Agar siz reja qilgan davlatning ro`yxatida bu vaksina bo`lmasa, to`liq vaksinasiyadan o`tgandan so`ng 3-6 oy o`tib, oilaviy shifokorga uchrashishingiz, organizmdagi hosil bo`lgan antitanachalar va salomatligingiz holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishingiz mumkin", -  dedi Sevara Ubaydullaeva .

 

    Boshqa yangiliklar