AsosiyJamiyat

Chirchiq daryosida suv sathining keskin ko`tarilishi oqibatida 5 kishi daryo o`rtasida qolib ketdi

'Chirchiq daryosida suv sathining keskin ko`tarilishi oqibatida 5 kishi daryo o`rtasida qolib ketdi'ning rasmi

2021 yilning 15  avgust kuni soat 10:30da Toshkent viloyati Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limining navbatchilik qismiga Bo`stonliq tumani “Yangiovul” MFY hududidan oqib o`tuvchi Chirchiq daryosi o`rtasidagi orolchada 5 nafar fuqaro  qolib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. 

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolar Chirchiq daryosi bo`yida dam olish maqsadida daryo o`zanida joylashgan orolchaga o`tib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko`tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni bo`lmagan.

Mazkur holat bo`yicha Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga etib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 5 nafar fuqaro maxsus kichik hajmli kemada qirg`oqqa olib o`tilgan.

 

    Boshqa yangiliklar