1

Koronavirus kasalligi muolajasi bilan kimyoterapiyani bir vaqtda olib borish mumkinmi?

Salomatlik 16.08.2021, 15:00
Koronavirus kasalligi muolajasi bilan kimyoterapiyani bir vaqtda olib borish mumkinmi?

AOKAda bo`lib o`tgan  brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubuydullaeva aholidan kelgan savollarga javob berdi:

" – Bu bemorning bugungi ahvoliga bog`liq. Agar koronavirus kasalligi oqibatida onkologik holat zo`rayishni boshlagan bo`lsa va kimyo-davosiga ehtiyoj yuqori bo`lsa, shu kasalxonada davolayotgan shifokor, reanimatolog va onkologlar bemorni umumiy holatini o`rganish natijasidagi xulosasi asosida kimyo-davosini o`tkazish uchun ko`rsatma beriladi.  

Bunda albatta, bemorning immun holati va organizmining bardoshligi inobatga olinadi, ya`ni bemorning organizmidagi a`zolarning faoliyati kimyo-davosi va koronavirus davosi birga olib borilishini ko`tara olishi mumkin bo`lsa ruxsat etilishi mumkin.  

Agarda, bemor hayotiga xavf solishi mumkin holat bo`lsa, avval koronavirus kasalligini davosi tugatilib, bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab keyin onkologik kasalligiga qarshi kimyo-terapiyasini olishi mumkin bo`ladi", – dedi  Sevara Ubuydullaeva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1