AsosiyJamiyat

O`zbekiston ochiq ma`lumotlar soni bo`yicha jahonda 5-o`rinni egalladi

'O`zbekiston ochiq ma`lumotlar soni bo`yicha jahonda 5-o`rinni egalladi'ning rasmi

“Open data Inception” ma`lumotiga ko`ra, jahon mamlakatlari orasida O`zbekiston ochiq ma`lumotlar manbalari soni bo`yicha 5-o`rinni egalladi.

 O`zbekiston 99 ta ochiq ma`lumotlar manbalari bilan reytingda AQSh, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya keyingi pog`onani band etgan.    

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) 2020/2021 ochiq ma`lumotlar reytingida 63 ball to`plagan holda reytingda 125 pog`onaga ko`tarilib, dunyoda 44-o`rinni va Markaziy Osiyoda 1-o`rinni egallagandi .

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma`lumotlari indeksi” bo`yicha O`zbekiston eng yuqori  ko`rsatkichga ega bo`lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi.

O`zbekiston Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo`lga kiritib, reytingda 61 o`rinni egallagan.

Boshqa yangiliklar