O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani, binolar va infratuzilma ob`ektlariga katta ziyon etgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazishni so`radi.






