AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura o`zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi

'Bosh prokuratura o`zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi'ning rasmi

Biroz avval, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi joriy yilning 14-15 avgust kunlari O`zbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyot noqonuniy o`tgani, ularning ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo`lgani haqida rasmiy xabar bergan edi.

Oradan ko`p o`tmay, prokuratura o`zi tarqatgan xabarni tekshirilmagan va dalillar bilan asoslanmaganini aytib, uzr so`rab chiqdi

"Bosh prokuraturaning “Telegram”kanalida 2021 yil 14-15 avgust kunlari O`zbekiston Respublikasi havo hududi hamda qo`shni Afg`oniston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda ro`y bergan voqealar haqida bayonot berilgandi.

Qayd etish kerakki, hozirda Afg`onistonda ro`y berayotgan o`zgarishlar dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi. To`lqinli voqeliklar tufayli aksariyat odamlarda turli-tuman tushunchalar shakllanib kelmoqda.

Tan olish zarur, har doim ham bunday vaqtda rasmiy manbaalar ham ayrim kamchiliklar, ya`ni axborot tarqatishdagi adashmovchiliklar, tekshirilmagan dalillar yuzasidan ma`lumot berib yuborishi ehtimoldan holi emas.

Shu tarzda, Bosh prokuraturaning “Telegram” kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma`lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan.

Shu bois, Bosh prokuraturaning “Telegram”kanaliga ma`lumotlarni joylashtirish uchun mas`ul bo`lgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun rasman uzr so`rashmoqda.

Kelgusida bunday holatlarga yo`l qo`yilmaslik uchun tegishli choralar ko`rildi"

Avvalroq Bosh prokuratura Sherobodda O`zbekiston va Afg`oniston harbiy samolyotlari to`qnashgani haqida xabar bergandi.

    Boshqa yangiliklar