AsosiyJamiyat

Navoiyda "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotdi, oqibatda...

'Navoiyda "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotdi, oqibatda...'ning rasmi

28 iyul kuni soat 16:20 larda, Navoiy viloyati, Nurota tumani, Qadoq MFY hududida haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan B.P. "Neksiya-3" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`ldan chiqib ketib ag`darilgan.

Natijada, yo`lovchi, 1982 yilda tug`ilgan X.K. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar