Turkiyaning Diyorbakir shahrida terakt yuz berdi. Uning oqibatida olti kishi halok bo`ldi. Bundan tashqari, 23 nafar kishi yaralangan. Ular ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, minalangan avtomobil polisiya transporti yaqinida portlab ketgan. Portlash sodir bo`lgan hududga yaqin joyda avtovokzal joylashgan.
Portlash oqibatida minalangan avtomobil atrofiga qo`yib ketilgan avtomobillarga ham zarar etgan. Hududga yaqin joylashgan binolarning oynalari sinib ketgan. Mazkur hudud polisiya tomonidan qurshab olingan. Hozirda portlash yuzasidan tekshiruvlar o`tkazilmoqda.