AsosiyJamiyat

Pastdarg`omda "Lasetti" haydovchisining aybi bilan 4 ta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi. Voqea joyida halok bo`lganlar bor

'Pastdarg`omda  "Lasetti" haydovchisining aybi bilan 4 ta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi. Voqea joyida halok bo`lganlar bor'ning rasmi

IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 17 avgust kuni soat 10:30 larda, Samarqand viloyati, Pastdarg`om tumani hududidan o`tgan 4R-46 avtomobil yo`lining 22-kilometrida "Lasetti",  "Vaz-21063",  "Vaz-21011" va "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

1961 yilda tug`ilgan haydovchi A.Ya. "Lasetti" rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida, haydovchi 1986 yilda tug`ilgan X.B. boshqaruvidagi "Vaz-21063" rusumli, haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan Sh.M. boshqaruvidagi "Vaz-21011" rusumli hamda haydovchi 1981 yilda tug`ilgan G`.X. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillari bir-biri bilan to`qnashgan.

Natijada, "Vaz-21011" rusumli avtomobil yo`lovchisi Z.B. og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pastdarg`om tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar