AsosiySalomatlik

“COVID-19”dan davolangan kishi unga qarshi emlanishi shartmi?

'“COVID-19”dan davolangan kishi unga qarshi emlanishi shartmi?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi:

— Ha. Pandemiya xavfi saqlanib qolayotgani va koronavirus infeksiyasi bilan qayta kasallanish ehtimolining yuqoriligi sababli, ushbu virus bilan avval kasallangan bo`lishingizdan qat`i nazar, emlanishingiz shart.  

Chunki emlashdan keyingi “orttirilgan immunitet” muhim hisoblanadi. Ya`ni tabiiy va “COVID-19”ga qarshi emlash natijasida hosil bo`lgan orttirilgan immunitet kasallikka qarshi kuchli himoyani shakllantiradi.

 

    Boshqa yangiliklar