1

“COVID-19”ga qarshi vaksinasiya o`zi nima uchun kerak?

Salomatlik 17.08.2021, 15:03
“COVID-19”ga qarshi vaksinasiya o`zi nima uchun kerak?

SSV Matbuot xizmati ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi:

— Mutaxassislarning fikriga ko`ra, aholining 60-70 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurashib bo`lmaydi. Shu ma`noda aytsak, “COVID-19”ga qarshi emlash pandemiyani jilovlovchi yagona samarali omil hisoblanadi.

To`g`ri, niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o`zini tiyish kabi profilaktik chora-tadbirlar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sanaladi, biroq bu choralar pandemiyani jilovlash uchun etarli emas.

Vaksinalar inson immun tizimini mustahkamlab, yuqishi mumkin bo`lgan viruslarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Emlash orqali nafaqat o`zimiz, balki atrofimizdagilarni ham kasallik yuqishidan himoya qilamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1