AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oshadi

'1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oshadi'ning rasmi

1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda.

Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni imzolandi, deya xabar bermoqda O`zA.

Farmonga ko`ra:

2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston hududida:

➖ mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so`m;

➖ bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so`m;

➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so`m;

➖yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so`m;

➖bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so`m;

➖zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so`m;

➖ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so`m;

➖ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo`yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so`m;

➖ 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so`m etib;

➖ boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so`m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi;

➖ boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga

440 000 so`m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun 165 000 so`mdan qo`shilishi belgilandi.  

    Boshqa yangiliklar