Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida chempion yigit Elbek Rahimov o`ldirildi. Мanbaga ko`ra, voqea bugun, 17 avgust kuni soat 09:45 da sodir bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, yigit avvaliga rosa do`pposlangan. So`ngra pichoqlanib, yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketilgan. Marhumning jasadi Chiroqchi tumanining Ettitom qishlog`idan topilgan.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov qotillik voqeasini tasdiqladi, deya xabar qilmoqda Daryo.
Hayot Shamsutdinovning ma`lumot berishicha, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularning 6 nafari prosessual tartibda ushlangan.






