Afg`onistondagi inqiroz sababli O`zbekiston va Pokistonning xalqaro obligasiyalari bosim ostida qoldi, deb yozdi Financial Times.
Fondlar boshqaruvchilarining so`zlariga ko`ra, Afg`onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo`shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, Pokistonga toliblar bilan hamkorlik sababli rasmiy va norasmiy sanksiyalar joriy etilishi xavfi tilga olinmoqda.
Pokistonning dollardagi obligasiyalari narxi taxminan 1 foizga pastladi. Ayni paytda Pokistonda 8,8 mlrd dollar nominalidagi to`qqizta evroobligasiyalar paketi mavjud.
O`zbekistonning 2030 yilda qaytariladigan dollardagi obligasiyalari narxi taxminan 0,25 foizga arzonlashdi. Mamlakat 2020 yilning noyabrida 2030 yilda qaytarish muddati bilan 555 mln dollarlik evrobondlarni chiqargan edi.






