«Zakovat-Gambit» turniri yakuniga etdi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Telegramdagi sahifasida ma`lum qildi:
Mana, «Zakovat-Gambit» yirik turniri ham nihoyasiga etdi. Unda bizning iqtidorli shaxmatchilarimiz sayyoraning eng kuchli o`yinchilari bilan bellashishdi.
Turnir salohiyati shuni ko`rsatdiki, vaqt o`tishi bilan u shaxmat olamining eng katta hodisalaridan biriga aylana oladi va unda ishtirok etish, hatto, eng yuqori darajadagi o`yinchilar uchun ham sharaf bo`ladi.






