17 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 124 713 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 67 180 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 45 214 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 12 319 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 12 390 770 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 8 728 529 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 688 219 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 974 022 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 435 883 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (22 858 doza),
- Andijon viloyati (21 295 doza),
- Namangan viloyati (21 185 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 413 061 doza,
- Namangan viloyatida 1 412 760 doza,
- Andijon viloyatida 1 342 150 doza,
- Samarqand viloyatida 1 209 520 doza,
- Qashqadaryo viloyatida 1 054 522 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






