Rossiyaning Moskva shahrida 33 yoshli ayolni o`ldirishda gumonlangan O`zbekiston fuqarosi Sirojiddin Akramov hibsga olindi. Bu haqda «Rentv» xabar berdi.
Qotillik 13 avgustga o`tar kechasi Lazorevoy dovonida sodir bo`lgan. Ta`kidlanishicha, migrant Yauza qirg`og`ida yugurayotgan qizni ko`rib, uni zo`rlamoqchi bo`lgan. Qiz baqira boshlagach esa uni bo`g`ib o`ldirgan. Aytilishicha, marhum Belarus fuqarosi bo`lgan. U voqea joyidan yalang`och holda topilgan. Jinoyat sodir bo`lgan erdan erkaklar ko`ylagi topilgan.
«Babushkin tuman sudining qarori bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan 2021 yil 13 oktyabrgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi», — deyiladi sud bayonotida.
Qayd etilishicha, qotillikdan keyin Akramov qochishga uringan. Gumonlanuvchi Yauzaga sakrab tushib, suzib ketgan. 16 avgust kuni esa u hibsga olingan. Uni qotillikdan oldin ishlagan joyiga qaytib kelganida qo`lga olishgan.






