JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 410 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 207 million 784 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 370 mingdan ziyod kishi vafot etgan (17.08.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 6:28 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 410 464 yangi holati aniqlandi.
7 137 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (18.08.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:18 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 208 million 598 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 382 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 37,017 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (32,285 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (20,416 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (6,581 milliondan ortiq) ,
- beshinchi o`rinda esa Rossiya (6,551 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda kasallanish aniqlanmagan, Hindistonda 25 166, Braziliyada 13 957, Rossiyada 20 958 Fransiyada esa 5 839 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 4 milliard 756 millionga yaqin doza vaksina qo`llanilgan.






