AsosiyJamiyat

Qo`ng`irot tumanida ommaviy janjal sodir bo`ldi

'Qo`ng`irot tumanida ommaviy janjal  sodir bo`ldi'ning rasmi

Qo`ng`irot tumanida bir nechta fuqarolar o`rtasida janjal  sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmati boshlig`i Dauran Elmuratov Zamon.uz ga ma`lumot berdi.

Joriy yilning 16 avgust kuni soat 17:50 larda Qo`ng`irot tumanidagi “Okean” kafesi oldida bir nechta fuqarolarning o`zaro janjallashgan holati yuzasidan, Qo`ng`irot tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O`zbekiston  Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, janjalda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta`minlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar