AsosiyJamiyat

OTMlarda yangi o`quv yili qay tarzda boshlanadi?

'OTMlarda yangi o`quv yili qay tarzda boshlanadi?'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan OTMlarning pandemiya sharoitida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda ta`lim jarayonini an`anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo`yicha tayyorgarlik holati o`rganilmoqda.

Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi:

️O`rganishlar natijasiga ko`ra, tegishli ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so`ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e`lon qilinadi.

Shu o`rinda, vazirlik talabalardan sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishni, ularning ota-onalari ham farzandlari sog`lig`iga mas`uliyat bilan qarashi va, albatta, vaksinasiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar