Toshkent shahri hududida joriy yilning avgust oyida, Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a`zolari ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda qidiruvda bo`lgan quyidagi shaxslar bilan internet tarmog`i orqali aloqada bo`lib kelganlikda gumonlanmoqda:
1978 yilda tug`ilgan, Olmazor tumanida istiqomat qilgan Musajonova Feruza Sabitovna,
1981 yilda tug`ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan Qosimov Sarvar Odiljonovich
2001 yilda tug`ilgan, Uchtepa tumanida istiqomat qilgan Abdukaxorov Abduraxim Abdumalik o`g`li,
1993 yilda tug`ilgan, Yashnobod tumanida istiqomat qilgan Djumabaev Dilshod Murod o`g`li,
1999 yilda tug`ilgan, Mirzo Ulug`bek tumanida istiqomat qilgan Muxammadbakiev Abdulaxad Baxtiyor o`g`li,
1990 yilda tug`ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qilgan Ulmasov Mirolim Mirsamuxovich,
2001 yilda tug`ilgan Sergeli tumanida istiqomat qilgan Sobirjonov Nodir Jaxongir o`g`lilar bilan internet tarmog`i orqali aloqada bo`lib kelganlikda gumonlanmoqda.
Toshkent shaxar IIBB TB ish yurituvida bo`lgan jinoyat ishi doirasida Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnabod, Mirzo Ulug`bek, Yunusobod va Sergeli tumanlari hududidagi 108 ta manzillarda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati o`tkazilib, 94 nafar shaxslar ichki ishlar bo`limlariga olib kelingan.
Tadbir davomida, ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o`tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ekstremistik oqim va halqaro terrorchilik tashkiloti targ`ibotchilarining aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan va taqiqlangan materiallar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan.
O`tkazilgan tadbirlar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi hamda 10 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma`muriy jazo choralari tayinlangan. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.






