Avvalroq 19 avgustdan “Toshkent 3” aeroporti yopilishi haqida xabar bergan edik.
Xabar qilinishicha, Shavkat Mirziyoevning Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqotida Germaniya, Afg`oniston va Evropa Ittifoqi fuqarolarini Toshkent aeroportidan tranzit sifatida foydalanish orqali evakuasiya qilishni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Evakuasiya tadbirlarining uzluksiz amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston tomonidan alohida terminal ajratilgan.
Shuningdek, vaziyat yuzasidan qo`shimcha axborot berilishi ma`lum qilingan.






