AsosiyJinoyat

Tenderlar natijasida davlat byudjetiga 19,6 mlrd so`m zarar etkazilgan

'Tenderlar natijasida davlat byudjetiga 19,6 mlrd so`m zarar etkazilgan'ning rasmi

Tenderlar natijasida davlat byudjetiga 19,6 mlrd so`m zarar etkazilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova xabar berdi.

Unga ko`ra, o`tgan bir yil davomida korrupsion holatlar bilan bog`liq 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 Sohalar kesimida o`rganilganda, qurilish sohasida — 11 ta, sog`liqni saqlash sohasida — 7 ta, mehnatga haq to`lash sohasida — 4 ta, oliy ta`lim sohasida — 3 ta, xalq ta`limi sohasida — 3 ta, davlat xaridlari sohasida — 2 ta, suv xo`jaligi sohasida — 2 ta, boshqa sohalarda — 2 ta jinoyat sodir etilgani aniqlangan.

Jumladan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyat hokimliklarining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalari va boshqa buyurtmachi tashkilotlarida jami 461,3 mlrd so`mlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish ob`ekti o`rganilgan.

O`rganishlar davomida Andijon viloyatida — 18 ta, Jizzax viloyatida — 11 ta, Navoiy viloyatida — 7 ta tanlov va tenderlarni qonunga xilof ravishda o`tkazib, qurilish ob`ektlarida davlat byudjetiga turli ko`rinishda 19,6 mlrd so`m zarar etkazilgani aniqlangan.

Boshqa yangiliklar