2021 yil 19 avgust kuni taxminan soat 01:30 da Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasida 31 yoshli R.S. “Lacetti” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 635 YHA) boshqarish davomida mast holatda bo`lgan va yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
YTH oqibatida piyoda - 51 yoshli A.Sh. jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko`z yumgan.
Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.






