Davlat test markazining xabariga ko`ra, test sinovlari yakuniga ko`ra, prezident stipendiyasiga nomzod abiturientlar soni 233 nafarni tashkil etmoqda.
Xo`sh, nega ularning soni 200 nafar emas?
Ma`lum qilinishicha, Buning sababi, eng yuqori ballarni to`plagan oxirida 200-raqamda turgan abiturientdan keyin yana xuddi shu abiturientniki kabi 33 nafar abiturientda ham bir xil ballar mavjud. Shu sababli ham nomzodlar soni 233 tani tashkil etgan.
Eslatib o`tamiz, Maksimal natija ko`rsatganlar bu stipensiyaga nomzod bo`ladilar holos. Nomzodlar orasidan stipendiya egalari semestr baholariga qarab tanlab olinadi.






