2021 yil 9 avgust kuni soat 13:30 larda, Uychi tumani «Shaftoli» MFY hududida, Uychi tumanida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Uychi tumanida ota-onasi qaramog`ida yashagan, tumandagi maktabning 4-sinfida o`qigan, 2009 y.t. qizni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 16 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






