Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 12,7 trln. so`m qiymatga teng bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoqning 2020 yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,2 % ni tashkil etdi.
Superfosfatlar ishlab chiqarish 3,2 martaga oshdi.
Formaldegid ishlab chiqarish 88,5 foizga oshdi.
Karbamid ishlab chiqarish 30,9 foizga oshdi.
Akril va vinil polimerlari asosidagi bo`yoqlar va laklar suv muhitida ishlab chiqarish 21,5 foizga oshdi.
Dinatriy karbonati (kalsiy sodasi) ishlab chiqarish 6,2 foizga oshdi.
Boshqa azotli o`g`itlar va ularning aralashmalarini ishlab chiqarish 0,3 foizga oshdi.






