AsosiyJamiyat

6 oy mobaynida qancha kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi

'6 oy mobaynida qancha kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

5,5 trln. so`mlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot bеrdi.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5,5 trln. so`m qiymatga teng bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi, —deyiladi xabarda.

 Tarmoqning 2020 yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 117,3 % ni tashkil etdi.

Erkaklar yoki o`g`il bolalar uchun pidjaklar va bleyzerlar, jaketlar, pidjaksimon kurtkalar (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish 52,6 martaga oshdi.

Erkaklar yoki o`g`il bolalar uchun shimlar va  bridjilar  (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish 83,7 foizga oshdi.

Erkaklar yoki o`g`il bolalar uchun kurtkalar (jumladan chang`ichilar uchun), vetrovka, shtormovka va shu kabi buyumlar (mashinada yoki qo`lda to`qilgan trikotaj buyumlardan tashqari) ishlab chiqarish 67,9 foizga oshdi.

Erkaklar yoki o`g`il bolalar uchun ishchi shimlar, ko`krakpechli va elka tasmali kombinezonlar,  bridji va shortilar ishlab chiqarish 14,0 foizga oshdi.

    Boshqa yangiliklar